Chet tillari fakulteti

 

Chet tillari fakulteti dekani

I.U. Dilmanov 

(+998-61) 229-40-96
ilyusha.dilmanov@mail.ru
  https://forlang.ndpi.uz
Qabıllaw kúni: dúyshembi, siyshembi hám piyshembi saat 15-00 – 18-00

Fakul`tet 1937-yilda pedagogik institut tarkibida rus tili va adabiyoti fakul`teti bo`lib tashkil etildi.  U 1963 yili “Chet tillari fakul`teti” bo`lib  kayta nomlandi.  Fakul`tet o`zining boy tarixi va an`analariga ega. Bu fakul`tetni respublikamizga mashhur olimlar, akademiklar M.Nurmuxamedov, U.Xamidov, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq yozuvchisi, O`zbekiston Qahramoni T.Qayipbergenov, A.Uteniyazov va bir qator davlat arboblari tugatgan. 1990 yili pedinstitut qayta ochilganida uning tarkibida Rus tili va adabiyoti fakul`teti o`z ishini davom etdi. 2000 yildan Rus-ingliz filologiyasi, 2004 yildan e`tiboran Chet tillari fakul`teti nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu fakul`tetni 1990-2017 yillar mobaynida prof.Q.Qoshanov, dots.B.Xoshanov, p.f.n.B.Shaniyazov, f.f.n.M.Abdullaev, dots.G.Qurbaniyazov, f.f.n.D.Mamirbaevalar boshqargan. 2017 yilning iyun` oyidan boshlab fakul`tetga filologiya fanlari nomzodi, dotsent Il`ya Dil`manov rahbarlik qilmoqda. Dekan o`rinbosari lavozimida Xalmurat Esemuratov, Nurlibay Mambetaminov, Nurjan Jalg`asov va Nargiza Babaniyazovalar ishlab kelmoqda. Hozirgi kunda fakul`tetning rus tili va adabiyoti, ingliz tili va adabiyoti, chet tillari kafedralarida 77 professor-o`qituvchi, shu jumladan, 1 nafar professor, 2 nafar falsafa doktori (PhD), 11 ta fan nomzodi va dotsentlar bo`lib, bu jamoa 916 nafar talabaga ta`lim-tarbiya berib kelmoqda. Fakul`tetda Ingliz tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti (o`zga tildagi guruhlarda) bakalavr ta`lim yo`nalishi bo`yicha tayyorlanmoqda. SHuningdek, 2018-2019 o`quv yilida magistraturada Rus tili va adabiyoti mutaxassisligi bo`yicha kadrlar tayyorlash ishi boshlandi.

FAKULTET KAFEDRALARI:

  1. Rus tili va adabiyoti kafedrasi 
  2. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 
  3. Fakultetleraro chet tillari kafedrasi 

TA’LIM YO’NALISHLARI

  1. 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili va adabiyoti)
  2. 5111300- Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti)
  3. 5111300- Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti o`zga tildagi guruhlarda)

MAGISTRATURA MUTAXASSISLIKLARI

  1. 5A111301- Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti magistratura mutaxassisligi)

Xalqaro aloqalar Fakul`tet professor-o`qituvchilari o`z darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalaridan, o`qitishning innovatsion usullaridan foydalanmoqda. Ular yangi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirishda, ta`lim bo`yicha xalqaro aloqalarni rivojlantirishda oldingi qatorda ko`rinmoqda. Fakul`tet AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Frantsiya, Hindiston va boshqada davlatlarning xalqaro fondlari bilan ish olib bormoqda