Fakultetleraro chet tillari kafedrasi

Fakultetlararo chet tillari kafedrasi 1954 yildan buyon Nukus  pedagogik institutida faoliyat kursatib keladi. Kafedraning yaratilishiga asos solganlar  J.A.Allamuratov, Toshkent davlat pedagogik institutining qaldirg`ochlari P.Qurbanazarov, A.P.Rogach, M.O.Diment, I.V.SHuxmina, D.J.Lebel` bo`lgan. Kafedrada bir qancha tajribali o`qituvchilar T.Dosanov, T.Ermanov, S.Ya.Virva, A.N.Rublyova, Z.J.Urumbaeva, G.Boranbaeva, A.Bekmuratova, N.Kurtebaeva va U.Iklasovlar ish olib borgan. Faoliyat davrida kafedrani K.Orazbaev, f.f.n. P.Qurbanazarov, Q.Qiyasova,  B.SHaniyazov, X.Djumanazarova, f.f.n. N. Xamidov, D.Berdimuratov, f.f.n. J. Seytjanov va A.Tajievalar  boshqarganlar.  2019-yildan buyon kafedrani PhD  dotsent N.P.Babaniyazova boshqarib kelmoqda. Kafedra pedagogik institutning barcha ta`lim yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari talabalariga chet (inglis, nemis, koreys, yapon) tillaridan bilim berishga ma`sul xisoblanadi. Kafedra xar yili yosh,  g`ayratli va faol kadrlar bilan to`ldirilib, hozirgi kunda 34 ta professor-o`qituvchi talabalarga bilim sirlarini o`rgatib kelmoqda. Kafedrada 1 ta kandidat, dotsent, 6 katta o`qituvchi, 26 assistent- o`qituvchilar va 1 doktorant faoliyat ko`rsatadi. Kafedraning o`qituvchilari (Borashova.A, Qurbaniyazova.S, Bekbergenova.G,  Sarsenbaeva.Z) ilmiy tadqiqot ishlarini samorali olib bormaqda va ularning va boshqa kafedra a`zolarining maqolalari chet el va respublika nufuzli jurnallarida, ilmiy tuplamlarda va konferentsiya materiallarida chop etilmoqda. Kafedra a`zolari tamonidan chet tillari amaliy mashg`ulotlari uchun zarur o`quv–uslubiy qo`llanmalar har yili bosmadan chiqariladi. Kafedra o`qituvchisi  A.Borasheva  O`zbekiston Respublikasi bakalavriat boskichi talabalari uchun nashr etilgan «B2 Ready» darsligining muallifi. Kafedra  respublikadagi bir nechta oliy ta`lim muassasalari bilan, jo`mladan O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O`zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogik universiteti, Samarqand davlat chet tillari universiteti, Urganch davlat universiteti, Buxora davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti bilan hamqorlikda ilmiy-tadqiqot va o`quv-uslubiy ishlarini olib bormoqda. Hamkorlik natijasida kafedra  o`qituvchilari S.Qurbaniyazova, A.Borashevalar Angliyaning Norvich til o`qitish institutida chet tilini o`qitish metodikasi buyicha malakalarini oshirib kelgan.  Bugingi kunda kafedraning Rossiya, Qozog`iston va Qirg`iz davlatlari oliy ta`lim muassasalari bilan birga ishlash shartnomalari imzolangan va rejalari ishlab chiqilgan. Kafedraning 3 o`qituvchisi xalqaro APTIS sertifikatiga, jo`mladan  S.Kurbaniyazova, G.Djumamuratova, Z.Elmuratovalar APTIS (V2)  darajasi sertifikatlariga, 4 o`qituvchisi:  S.Kurbaniyazova,  G. Bekbergenova, A.Borasheva, Z.Elmuratovalar O`zbekiston respublikasi Davlat Test Markazining qo`shimcha ish xaqi olish uchun beriladigan sertifikatiga ega.  Kafedra oqituvchisi A.Borashova  Oliy va Urta maxsus ta`lim vazirligi va Britaniya Kengashi bilan birgalikta tashkil etilgan “ENSPIRE-U” ESP Reform Project (“Ingliz tilini mutaxassislarga moslashtirib o`kitish”) proektining a`zosi bo’ldi va omadli yakunladi.   Proekt natiyjasida mutaxassisligi chet tili emas ta`lim yunalishlarida ingliz tilini o`qitish metodikasi,  namunaviy dasturlari, o`quv adabiyatlari, dars rejalari ishlab chikildi, o`quv jarayoni yangi uslubda olib borilish yulga kuyildi. 2019-yili Amerika elchixonasi tomonidan kafedramizga kitoblar va xona anjomlari berildi.  Shuningdek, kafedrada ingliz, nemis tillarini qo`shimcha o`rganish uchun talabalar to`garaklari tashkil qilingan. To`garaklar ishlari belgilangan ish rejalar bo`yicha ish olib bormoqda. Institut  iqtidorli talabalariga ingliz va nemis tillari bo`yicha qo`shimcha darslar o`tkazilmoqda. Kafedra a`zolari tomonidan auditoriya ishlaridan tashqari ingliz va nemis tillari bo`yicha disputlar, ingliz va nemis adabiyoti mashhur vakillarining tug`ilgan kunlariga bag`ishlangan dasturlar o`tkaziladi. Kafedra bazasida Britaniya Kengashi kumagi bilan “Kasbiy rivojlanish markazi” tashkil etilgan. Markaz respublika ingliz tili o`qituvchilariga chet tillarini o`qitish metodikasi buyicha seminar-treninglar tashkil etadi, zarur o`quv adabiyotlar bilan ta`minlaydi, vebinarlarga, onlayn kurslarga qatnashishlariga yordam beradi. Shu jumladan, institut o`qituvchilarining ingliz tilini urganishini tashkil etish, talabalarni xalqaro sertifikatlar olish uchun tayorlash ishlarini olib boradi.